Tyutorlarning kasbiy salohiyati — ta’lim-tarbiya samaradorligining muhim omili
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida tyutorlarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda tyutorlik faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish hamda talaba-yoshlar bilan samarali muloqot o‘rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tyutorning kasbiy bilimlari, shaxsiy mas’uliyati va tashabbuskorligi talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish hamda iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Har bir talabaga e’tibor, har bir tashabbusga ko‘mak — samarali tyutorlik faoliyatining asosidir.








