"Unutmoq osonmas sizlarni" shiori ostida xotira turniri yakuniga yetdi.
0 ko'rildi
9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Guliston davlat Pedagogika institutida joriy yilda baxtsiz xodisa tufayli bevaqt olamdan ko'z yumgan, sobiq viloyat sardorlari Saidxasanxon va Saidxusanxon Vafoyevlar xotirasi sharafiga "Unutmoq osonmas sizlarni" shiori ostida mini futbol bo'yicha xotira turniri yakuniga yetdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, Guliston davlat Pedagogika instituti jamoasi birinchi, Guliston davlat universiteti jamoasi ikkinchi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoasi uchinchi o'rinlarni egallashdi.
G'oliblarga kubog, diplom va esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi deb xabar beradi Sirdaryo Yoshlar ittifoqi axborot xizmati.