Vazir o‘rinbosari Guliston davlat pedagogika instituti jamoasiga yangi rektorni tanishtirdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Guliston davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga yangi tayinlangan Jahongir Karshibayevni jamoaga tanishtirdi.
Tadbirda Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Xodjiyev, viloyat hokimi o‘rinbosari Bekzod Ismatov hamda institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov institutga tayinlangan yangi rektor Jahongir Karshiboyevga katta ishonch bildirib, ish faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.
Tadbirda so‘z olganlar yangi rahbarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.
Tadbirdan so‘ng, vazir o‘rinbosari institut talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlarni ham koֹ‘zdan kechirib, talabalar bilan samimiy suhbat qildi.
Ma’lumot o‘rnida, institutda jami 400 o‘rinli 1 ta yotoqxona mavjud.
GulDPI axborot xizmati