“Времена года Весна” tanlovi g'olibi!
140 ko'rildi
Joriy yilning 15-aprelida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida “Времена года Весна” nomli xalqaro onlayn ijodkor talaba-yoshlar tanlovi o’tkazildi.
Tanlovda 10 dan ortiq davlatdan 100 ga yaqin iste’dodli talaba-yoshlar o’z ijodiy san’at asarlari bilan ishtirok etishdi. Ushbu tanlovda Guliston davlat pedagogika institutining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo’nalishi 28-22 guruh talabasi Baxtiyarova Farzona Ikrom qizi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1-DARAJALI LAUREAT DIPLOMini qo’lga kiritdi.