Xalqaro hamkorlik
#Professional_ta’lim
2023-yilning 3-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov hamda Germaniyaning Leypsig dual taʼlim va malaka oshirish markazi direktori Hnizdo Yorg boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni tashkil etishning istiqbollari va imkoniyatlari, xususan, Germaniyaning dual taʼlim tizimini O‘zbekistonga joriy etish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professional taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasini oshirish, shuningdek, taʼlim muassasalari bitiruvchilari va malaka oshirish kurslarini tamomlagan pedagog xodimlarni Leypsig Savdo-sanoat palatasi talablari asosida sertifikatlash masalalari muhokama qilindi.