#xalqaro_hamkorlik #GulDPIda_xitoylik_hamkorlar
🗣Guliston davlat pedagogika institutiga Xitoy Xalq Respublikasidagi “Zechang senxin taʼlim texnologiyalari” taʼlim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona vakillari tashrif buyurdi.
💬Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kimyo, fizika hamda biologiya oʻquv laboratoriyalarining jihozlanganligi bilan yaqindan tanishtirildi.
🤝Olib borilgan muzokaralar davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi "
“Zechang senxin ta'lim texnologiyalari” taʼlim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.
✅Muzokaralar davomida kelgusida institutda zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, ularni ilgʻor tajribalar asosida hamkorlikda jihozlash, xorijiy stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.