Asosiy mazmunga o'tish

#xalqaro_hamkorlik #ilmfan 🎓Xalqaro xamkorlik o'z samarasini bermoqda

7 ko'rildi

2023 yil 10 dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yerjanova Saule Baymurzayevna tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Yerjanova Saule Baymurzayevna Guliston davlat pedagogika institutining “Qozoq tili va adabiyoti”, “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” ta’lim yo‘nalishlarining 1- va 2-bosqich talabalariga “Badiiy matn tahlili”, “Chet el adabiyoti tarixi” va “Rus adabiyoti tarixi” fanlaridan “mahorat darslari”ni olib bormoqda.

Shu mavzuda