Asosiy mazmunga o'tish

#xalqaro_hamkorlik “Oliy ta’limda tijoratlashtirish hamda universitetlarda tadbirkorlik muhitini yaratishning Yevropa tajribasi”

52 ko'rildi

Joriy yil 20–25-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va Belgiya Ta’lim kengashi bilan hamkorlikda Brussel shahrida “Oliy ta’limda tijoratlashtirish hamda universitetlarda tadbirkorlik muhitini yaratishning Yevropa tajribasi” mavzusida seminar o’tkazilmoqda.

🌐Unda  30 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi rektor, prorektor va mas’ul xodimlari bilan bir qatorda Guliston davlat pedagogika instituti prorektori Qalandarov Aziz Abduqayumovich ham ishtirok etmoqda.

Seminarning birinchi kunida ilmiy tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish, texnologik muammolarga innovatsion yechimlar, fan va texnologiya doirasida hamkorlik mavzulari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Xalqaro ekspert Aleksiya Verkruis (Belgiya) tomonidan Yevropa Ittifoqi universitetlarining o‘zaro hamkorlikda xalqaro loyihalarni amalga oshirishning afzalliklari bo‘yicha ma’ruzasi tinglandi.

🤝Tashrif doirasida, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Belgiya ta'lim kengashi hamda qator tashkilotlar o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan.

Shu mavzuda