Xalqaro uchrashuvlar davom etadi
⚡️Xabar berganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va respublikamizning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasasalari rektor, prorektor va mas’ul xodimlari Brussel shahrida “Oliy ta’limda tijoratlashtirish hamda universitetlarda tadbirkorlik muhitini yaratishning Yevropa tajribasi” mavzusida seminarda ishtirok etishmoqda.
💠Seminar davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Belgiya ta'lim kengashi bilan kelgusida tegishli sohalar kesimida hamkorlik qilish bo'yicha memorandum imzolashga erishildi. Ushbu memorandum Guliston davlat pedagogika instituti va Belgiya OTMlarining ta'lim sohasidagi kelajakdagi hamkorliklariga zamin yaratadi.
🏢Memorandumni imzolash jarayoni O'zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi binosida bo'lib o'tdi.
🗣Xalqaro tashrif davom etmoqda....