Asosiy mazmunga o'tish

Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatida yangi vazifalar belgilandi

0 ko'rildi
Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatida yangi vazifalar belgilandi

Guliston davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor X. Mamatova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Misirova hamda Kengash a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natija va yutuqlar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan yillik ish rejasi ko‘rib chiqilib, Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va kelgusidagi vazifalari belgilab olindi. Shuningdek, institut Xotin-qizlar kengashi a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor X. Mamatova hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Sadriddinovna Tashmetova odob-axloq me’yorlariga rioya etish, kiyinish madaniyati va bu boradagi mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Yakunda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularni yangi o‘quv yili davomida izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatida yangi vazifalar belgilandi — 2Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatida yangi vazifalar belgilandi — 3

Shu mavzuda