“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bayram dasturi
Guliston shahrida 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Tantanali bayram konsertida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Guliston davlat pedagogika institutning professor-o'qituvchilari va xodimlari, sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari, faol yoshlar ishtirok etdi.
🎻 Islom Karimov ko‘chasi va istirohat bog‘i hududida qiziqarli loyihalar jumladan, yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, milliy taomlar tanlovi, mushoira va g‘azalxonlik, rasmlar, badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi ko‘ngillarga quvonch va xursandchilik ulashuvchi tadbirlar tashkil qilindi.
💥 Bayram tadbirlari "Bilimdonlar maskani"da estradamiz yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert bilan yakunlandi.
GulDPI axborot xizmati