#yengillik #chegirma ⚡️Talaba-o‘quvchilar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi
18 ko'rildi
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlari va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.