“Yoshlar kinokarvoni” loyihasi
#Yoshlar #oyligi
⚡️ “Kinematografiya sohasida yoshlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yosh iqtidorlarni aniqlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi bayonida “Yoshlar oyligi” doirasida joriy yilning 5-30-iyun kunlari Respublika boʻylab “Yoshlar kinokarvoni” loyihasi tashkil etilmoqda.
🎭 Qadrli talaba-yoshlar mazkur loyiha doirasida bo‘lib o‘tayotgan filmlar namoyishida siz ham ixtiyoriy ishtirok etishingiz mumkin.
🎬 Shuningdek, 5-30-iyun kunlari soat 14:00-17:00 ga qadar Alisher Navoiy nomidagi “Kinochilar uyi”da yangi filmlardagi rollar uchun kasting oʻtkazilishi, rejissyorlik, ssenariynavislik, kinooperatorlik, animatsiya yoʻnalishlari boʻyicha mahorat darslari bo‘lishi kutilmoqda!
💥 Kino sanʼati sohasiga qiziquvch barcha talabalarni “Yoshlar kinokarvoni” loyihasiga taklif etamiz!
GulDPI axborot xizmati