Asosiy mazmunga o'tish

Chet ellik talabalar diqqatiga!

0 ko'rildi
Chet ellik talabalar diqqatiga!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-avgustdagi 321-son buyrug‘iga muvofiq, chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan Respublika olimpiadasining oliygoh bosqichi o‘tkaziladi.

Olimpiadada bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha chet ellik talabalar, kursi va ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilar o‘z bilimlarini:

🔵tinglab va o‘qib tushunish;
🔵 leksik-grammatik test;
🔵 yozma nutq;
🔵 O‘zbekiston tarixi, madaniyati va adabiyotiga oid bilimlar bo‘yicha sinovdan o‘tkazadi.

🏆Oliy ta’lim tashkiloti bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.

📆Sana: 15-sentyabr 9:00
📌Manzil: B bino 106-xona
❤Murojaat uchun: @dauryusupov

O‘zbek tilini qanchalik yaxshi bilishingizni namoyon eting va Respublika bosqichiga yo‘l oling!

Shu mavzuda