Talabalar diqqatiga:
Talabalar diqqatiga:
Ijarada turuvchi talabalar uchun qulaylik!
Guliston davlat pedagogika instituti ma'muriyati talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularga munosib ijara xonadonlarini topishda ko'maklashish maqsadida ijara xonadonlarining elektron bazasi va onlayn xaritasini taqdim etadi.
Endilikda institutimiz talabalari institutga tutash va yaqin hududlardagi ("Buyuk kelajak", "Bo'ston", "Mevazor", "Baxt", "Istiqlol" va boshqa MFYlar) ijara xonadonlarining aniq manzili, xonadon egalarining telefon raqamlari hamda Google Maps / Yandex Maps geolokatsiya (xarita) havolalari bilan tanishishlari mumkin.
📍 Bu sizga nima beradi?
🏠 Xonadonning aniq manzili va sharoitlari haqida ma'lumot;
📞 Xonadon egasi bilan dog'rudan-do'g'ri bog'lanish imkoniyati;
🗺 Geolokatsiya havolasi orqali uyning xaritadagi o'rnini osongina topish.
Ro'yxat va manzillar bazasi muntazam ravishda yangilanib boriladi.


