“Do‘stfest–2026” onlayn chellenjiga start beriladi!
1 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti talabalarini do‘stlik va hamjihatlik g‘oyasi atrofida birlashtiruvchi #dostfest2026 onlayn chellenjiga taklif etamiz!
❓Qanday ishtirok etish mumkin?
1️⃣Do‘stlik mavzusida foto yoki video tayyorlang.
2️⃣ Uni #dostfest2026 heshtegi bilan shaxsiy ijtimoiy tarmoq sahifangizga joylang.
3️⃣ Tayyorlagan materialingizni Telegram orqali @Mohinur_Hamroqulovaga yuboring.
🏆Eng yaxshi ishlar institutning rasmiy sahifalarida yoritiladi. Ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha baholanib, g‘olib va sovrindorlar taqdirlanadi.
Do‘stlik siz uchun nimani anglatadi? Uni bir kadr orqali ko‘rsating!


