Ekofaol talabalar: Guliston davlat pedagogika institutida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.
Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda magistr talabalari “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hududida daraxt ko‘chatlari ekdilar.
Mazkur tashabbus atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash va yoshlar orasida tabiatga mehr tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Ko‘chat ekish jarayonida ularni to‘g‘ri parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi, shuningdek ekologik mas’uliyatning bugungi kundagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
“Yashil makon” loyihasi institut jamoasining ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir.


