KITOBSEVAR TALABALAR UCHUN AJOYIB YANGILIK! Endilikda bizning Guliston davlat pedagogika institutimizda ham kitobxonlik klubi tashkil etildi.
Bu klub haqida bilmoqchimisiz?
Klub quyidagicha faoliyat yuritadi...
🗯 Unga a'zo o'quvchilar uchun Telegram guruh tashkil etiladi(turli qo'shimcha ma'lumotlar uchun)
🗯A'zo o'quvchilarga bir haftada bitta kitob o'qish uchun vazifa beriladi.
🗯Bir haftadan so'ng klub yig‘ilishida esa o'sha kitob muhokamasi bo'lib o'tadi.
Bunda, albatta, o'qituvchilar ham ishtirok etishadi.
🗯Muhokama tugagach kelasi haftagacha o'qish uchun boshqa kitob vazifa qilib beriladi.
Eng faol qatnashgan o'quvchilarga Institut ma'muriyati tomonidan sovg'alar taqdim etiladi.
Eng asosiysi esa ko‘p bilim olishingiz va fikr almashishingiz mumkin.
🗒Ikki kishida bir donadan olma bor deylik , agar ular olmani bir birlari bilan baham ko'rish uchun almashsalar ikkisi da ham bittadan olma bo‘ladi. Lekin agarda bittadan fikr bo‘lsa uni baham ko'rishsa har ikki kishida ham ikkitadan fikr bo‘ladi. ..
Shunday ekan xulosa o'zingizdan.
Bu klubga qanday a'zo bo'lish mumkin deysizmi?
Buning yo'li oson quyidagilarga bog'laning va o‘z ma'lumotlaringizni yozib qoldiring...
https://t.me/Sharifova_Adiba
@https://t.me/O_Ulugbekovna
Kutib qolamiz!
Toma toma ko‘l bo'lur,
Tommay qolsa cho'l bo'lur.