Xorijdagi vatandoshlarimiz diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan. Ajratilgan grant o‘rinlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti hamda grant o‘rinlariga tanlov o‘tkazish bo‘yicha muvaqqat tartib Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining 2024-yil 16-avgustdagi 72-4-son bayoni bilan tasdiqlangan.
Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan arizalar 2024-yil 5-15-sentyabr kunlari qabul qilinadi.
Murojaat uchun : Guliston sh, Talabalar ko‘chasi, Guliston davlat pedagogika instituti Qabul komissiyasi.Tel: +998556519274