Halollik · Komplaens nazorat
Korrupsiyaga qarshi kurash
Institutda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasizlik siyosati amal qiladi. Pora talab qilinsa yoki boshqa korrupsiyaviy holatga duch kelsangiz — xabar bering. Murojaatlar maxfiy ko‘rib chiqiladi.
Xabar berish kanallari
Korrupsiya nima?
Quyidagilardan biriga duch kelsangiz — bu xabar berish kerak bo‘lgan holat.
- PoraImtihon, baho, qabul, o‘qishni ko‘chirish yoki ishga olish evaziga pul, sovg‘a yoki xizmat so‘rash yoxud berish.
- TovlamachilikXizmat vazifasini bajarish uchun shart qo‘yib, qo‘shimcha to‘lov yoki narsa talab qilish.
- Manfaatlar to‘qnashuviXodim qarorni o‘zi yoki yaqinlari manfaati yo‘lida qabul qilishi: masalan, qarindoshini baholash yoki ishga olish.
- Noqonuniy sovg‘aXizmat bilan bog‘liq holda qimmatbaho sovg‘a, pul yoki imtiyoz olish.
- Mansabni suiiste’mol qilishLavozim vakolatidan shaxsiy foyda uchun foydalanish: asossiz imtiyoz, soxta hujjat.
- Majburiy yig‘imlarQonunda nazarda tutilmagan to‘lovlar: «homiylik», ta’mirlash yoki tadbir uchun majburiy pul yig‘ish.
Qanday xabar beraman?
- 1
Kanalni tanlang
Institut murojaat formasi yoki davlat kanallari: 1253, 1006, eanticor.uz.
- 2
Holatni yozing
Qachon, qayerda, kim va nima talab qildi. Ma’lumot qancha aniq bo‘lsa, tekshiruv shuncha tez bo‘ladi.
- 3
Javobni kuzating
Institut formasida kuzatuv kodi (GDPI-…) beriladi — javobni saytda shu kod bilan ko‘rasiz.
Murojaatlar maxfiy ko‘rib chiqiladi. Xabar berganingiz uchun ta’qib qilinishingizga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mas’ul bo‘lim

Komplaens nazorat
Xalikov Tolibjon XasanovichKorrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i
Institutda korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga murosasizlik siyosati amal qiladi. Komplayens nazorat tizimi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi Qonun va tegishli me'yoriy hujjatlar asosida ishlaydi.
Agar talaba, xodim yoki fuqaro sifatida pora talab qilinishi, manfaatlar to'qnashuvi yoki boshqa korrupsiyaviy holatga duch kelsangiz — ishonch telefoni yoki murojaat formasi orqali xabar bering. Murojaatlar maxfiy ko'rib chiqiladi, xabar beruvchining shaxsi oshkor etilmaydi.
Vazifalari va funksiyalari
Bo‘limning vazifalari
- institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi va ularga qarshi kurashish;
- «Korrupsiyasiz soha» loyihasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
- korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini joriy etish va amalga oshirish;
- korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
- korrupsiya ko‘rinishlariga olib keladigan tizimli muammolar haqida ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bilan axborot berib borish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi choralar samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
- korrupsiyaga qarshi jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirish, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazorati sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ilg‘or tajribasini o‘rganish, ularni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- institutda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
- institut tasarrufidagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bo‘limning funksiyalari
- institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, ijro holatini o‘rganadi va natijalari bo‘yicha ma’lumot tayyorlaydi;
- institutda «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshiradi;
- institut ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning xatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushgan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda belgilangan tartibda choralar ko‘radi;
- korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reyestrini yuritadi;
- davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilish va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
- institut xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
- professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar va tanlovlar tashkil etadi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholaydi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o‘rganadi, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat yurituvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari hamda ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
- institut huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyati ustidan nazorat o‘rnatadi.
Hujjatlar
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi QonunO‘RQ-419 · 2017-yil 3-yanvar · lex.uzInstitutning ichki hujjatlari (korrupsiyaga qarshi siyosat, odob-axloq kodeksi, chora-tadbirlar rejasi va hisobotlar) shu yerda joylanadi.
Tadbirlar va yangiliklar

“Korrupsiyaga moyillik darajasini aniqlash” bo‘yicha anonim so‘rovnoma

Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz!
“9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni"ga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
“Korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Guliston davlat pedagogika instituti "Sirtqi ta'lim" yo'nalishi tomonidan #Stop_korrupsiya chellenjiga start berildi.
#chellenj #Stop_korrupsiya Heshteglari ostida chellenj o'tkazildi.