Asosiy mazmunga o'tish

Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz!

0 ko'rildiKorrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz!

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib etishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga, fuqarolar ishonchiga va teng imkoniyatlarga putur yetkazishi, unga qarshi kurashishda qonun ustuvorligi hamda shaxsiy mas’uliyatning ahamiyati tushuntirildi.

Talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim jarayoni va kundalik hayotda halollik mezonlariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Zero, halollik — shaxsiy tanlov, korrupsiyaga qarshi kurashish esa umumiy mas’uliyatdir!

Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz! — 2Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz! — 3

Shu mavzuda