Talaba xavfsizligi — doimiy e’tibor va mas’uliyat

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti rahbariyati mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda ijara asosida yashayotgan talabalarning turar joylariga tashrif buyurdi.
O‘rganish davomida xonadonlardagi yashash sharoitlari, xavfsizlik holati hamda talabalarning kundalik hayoti bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Talabalar bilan bevosita suhbatlashilib, ularning murojaatlari, ehtiyojlari va mavjud muammolariga e’tibor qaratildi.Mahalla mas’ullari bilan muloqotlarda talabalarning jamoat tartibi va odob-axloq me’yorlariga rioya etishi, qo‘ni-qo‘shnilar bilan munosabatlari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarga gaz va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda shaxsiy xavfsizlikka mas’uliyat bilan yondashish zarurligi tushuntirildi.
Talabaga e’tibor auditoriya bilan chegaralanmaydi. Uning xavfsiz yashashi, ta’lim olishi va duch kelayotgan muammolarini o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashish — institut va mahalla hamkorligining muhim vazifasidir. Mazkur tashrif talabalar bilan doimiy aloqani mustahkamlash va ularning turmush sharoitlariga daxldor masalalarni e’tibordan chetda qoldirmaslikka qaratildi.









