Adabiyot atomdan kuchli…
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetida “Abdulla Qahhor — o‘zbek nasrining ustuni” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda filologiya fanlari doktori, professor Usmonjon Qosimov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda adibning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ijodiy merosining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritildi. Professor Usmonjon Qosimov Qahhor asarlarida inson ruhiyati, ijtimoiy muhit va hayot haqiqatining badiiy talqini, shuningdek, xarakter yaratish hamda so‘z qo‘llash mahorati haqida ma’ruza qildi.Adibning “Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas” degan fikri asosida badiiy so‘zning ijtimoiy ahamiyati va ijodkor mas’uliyati yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir talabalarning milliy adabiyotga oid bilimlarini chuqurlashtirish, badiiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda Abdulla Qahhor ijodiy merosini keng o‘rganishga xizmat qildi.








