"Oilaviy hayot saboqlari” kursida “Oila sirini saqlash” mavzusi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashkil etilayotgan “Oilaviy hayot saboqlari” kursi doirasida “Oila sirini saqlash” mavzusida navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda Guliston shahar “Nuroniy” jamg‘armasi va diniy idora vakillari, “Bo‘ston” mahallasining nuroniy onaxonlari M. Yuldasheva, V. Mannonova hamda O. Mavlonqulova ishtirok etdi.Ma’ruzalarda oilaning muqaddasligi, o‘zaro ishonch, hurmat va sabr-toqat, milliy qadriyatlar hamda sharqona udumlarning oilaviy munosabatlardagi ahamiyati yoritildi. Oilaviy hayot daxlsizligini asrash va kelishmovchiliklarni o‘zaro muloqot orqali hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur mashg‘ulot talaba-qizlarning oilaviy hayotga oid bilimlarini boyitish hamda oila qurishga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga xizmat qildi.






