Asosiy mazmunga o'tish

Elmuratova Dilrabo Muhammatovna

Kafedra mudiri

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), professor v.b.

Kafedra haqida: “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi 2025-yil 29-avgustda  “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasidan ajratilgan holda Guliston davlat pedagogika insitutining 1-sonli Kengash qaroriga ko‘ra Pedagogika fakulteti tarkibida tashkil etilgan.

Kafedra maqsadi – boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil eta oladigan, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llaydigan, kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash.

 Kafedra vazifalari:

  • boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish;
  • talabalarda kasbiy bilim, pedagogik mahorat va zarur kompetensiyalarni shakllantirish;
  • boshlang‘ich sinf fanlari bo‘yicha darslarni rejalashtirish va samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ta’lim vositalaridan foydalanishni o‘rgatish;
  • bilim va ko‘nikmalarni xolis baholash usullarini o‘rgatish;
  • bolalarning yosh, individual va psixologik xususiyatlariga mos ta’lim berishga tayyorlash;
  • o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish, tarbiyaviy ishlarni olib borish va inklyuziv ta’lim tamoyillariga amal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • talabalarning maktablarda amaliy tajriba orttirishiga ko‘maklashish;
  • ta’lim dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish hamda yangilash;
  • boshlang‘ich ta’limga oid ilmiy izlanishlarni olib borish va natijalarini amaliyotga tatbiq etish;
  • maktablar va boshqa ta’lim muassasalari bilan tajriba almashish hamda hamkorlikni rivojlantirish.

Ta’lim faoliyati

60110400-Boshlang‘ich ta’lim

Asosiy fanlar:

Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi

Boshlang‘ich ta’limda matematika o‘qitish metodikasi

Boshlang‘ich ta’limda texnologiya ta’limi nazariyasi va metodikasi

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi

Boshlang‘ich ta’limda informatika va uni o‘qitish metodikasi

Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi

Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani

Bolalar adabiyoti

70110401-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(Boshlang‘ich ta’lim)

Asosiy fanlar:

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar

Boshlang‘ich ta’lim fanlar nazariyasi

Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi

Pedagogik kompetentlik

Kafedra yutuqlari:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 2-fevraldagi “2025-2026-o‘quv uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalaridan Maxmudova Sabina Amriddin qizi Prezident stipendiyasi, Qurbonboyeva Zuhra Davlatboy qizi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibalari bo‘lishdi.

Guliston davlat pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tashabbusi bilan 2026-yil 22-23-may kunlari “Uzluksiz ta’lim tizimida malakali mutaxassislarni tayyorlashning muammo va yechimlari: 5E modeli mohiyati, xalqaro tajribalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Guliston davlat pedagogika instituti faxri – professor-o‘qituvchilar D.Utanbayeva va M.Berdiyeva viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Shuningdek, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti N.Misirova “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol targ‘ibotchi” nominatsiyasida munosib taqdirlandilar.

Bu yutuqlar institutimizda xotin-qizlar faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy, ma’rifiy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining yaqqol ifodasidir.

“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi N.Misirova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoniga binoan, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Guliston davlat pedagogika instituti, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi N.Misirova professor-o‘qituvchilar va xodimlarining ta’lim va ilm-fan rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnati, samarali faoliyati hamda yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi yuksak baholanib, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.