14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Bugun Guliston davlat pedagogika instituti professor o'qituvchilar va talabalar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram munosabati bilan tashkil qilingan tadbir Vatanimiz madhiyasining tantanavor jarangi bilan ochib berildi.
Tadbirda Vatanimiz posbonlari, milliy armiyamiz shijoati va matonati aks etgan videoroliklar namoyishi hamda Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Behzod Tagayev tomonidan tabrik so‘zlari bilan davom etdi.
Tadbirda talaba yigit-qizlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, Vatanga boʻlgan sadoqat, mardlik, jasorat aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.