Asosiy mazmunga o'tish

“Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-musiqiy tadbirlari davom etmoqda

0 ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev  boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod  etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda.

Guliston davlat pedagogika instituti  hamkorligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Guliston tuman bo‘linmasi tomonidan «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostidagi «Mahallada duv-duv gap» ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirida Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruzasi o‘qib eshittirildi.

Shu mavzuda