3-mart "Butunjahon yovvoyi tabiat kuni"
🔰Aslida tabiatning yovvoyisi boʻlmaydi. U xoh insonlar yashaydigan hudud, xoh bizdan olis manzil boʻlsin bir butun zamin – Ona yerimiz hisoblanadi. Inson qadami yetib borgan yohud kamroq oʻzlashtirilgan hududlardagi hayvonot va oʻsimlik olami biz uchun yovvoyi sanalsa-da, butun tiriklik olamidagi umumiy zanjirning bir halqasidir. Demak, bizdan yovvoyi sifatida qaralgan hayvon va oʻsimliklarni ham birdek qadrlash, asrab-avaylash talab etiladi.
💠 Shu bois, Guliston davlat pedagogika institutida mazkur sana munosabati bilan yoʻqolib ketishi xavf ostida bo'lgan yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklar turlarini asrash boʻyicha talabalar bilan ushrashuv o'tkazildi.
✅ Uchrashuv davomida atrof-muhit va tabiat boyliklari, eng avvalo, jamiyat manfaatlari nuqtayi nazaridan muhofaza qilinishi, ona tabiatning inʼomlaridan nafaqat biz, balki kelajak avlodlarimiz ham bahramand boʻlishi kerakligi toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.
>


