Akademik halollik va dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida tayanch doktorantlar uchun “Akademik halollik va dissertatsiyadan himoyagacha yo‘l” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda institut Tillarni o‘qitish fakulteti “O‘zbek tili va tillarni o‘qitish” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) E. Nasrullayev yosh tadqiqotchilar bilan ilmiy tajribasini o‘rtoqlashdi.
Seminar-treningda dissertatsiyani tayyorlash va rasmiylashtirish talablari, himoya jarayonining asosiy bosqichlari hamda ilmiy tadqiqotda akademik halollik tamoyillariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Tayanch doktorantlarga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.




