Amaliy seminar
85 ko'rildi
Joriy yilning 2-iyun kuni Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Cho‘milish suv xavzalarida xavfsizlikni
ta’minlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv-amaliy seminarida Guliston davlat pedagogika instituti pedagog-xodimlari, Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga cho‘milish suv havzalarida ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish va yosh bolalarni nazarotsiz qoldirmaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, suvga cho‘kkanda fuqarolarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq jarayonlar mutaxassislar tomonidan amaliy ko‘rsatildi.
GulDPI axborot xizmati