Asosiy mazmunga o'tish

Osh chempionati

166 ko'rildi

2023-yilning   2-iyun  kuni  Guliston  davlat  pedagogika  institutida   Yoshlar  ittifoqi  Kengashi  koordinatorlari  tashabbusi  bilan  talabalar  o‘rtasida   “Qadriyat, urf-odat, anʼana va yoshlar”  sayli  doirasida  “Osh  chempionati”  o‘tkazildi.

O‘zbek  xalqining  milliy taomlaridan biri osh har bir viloyatda o'ziga xos tarzda  tayyorlanadi.  Institut guruhlari o‘rtasida o‘tkazilgan osh tanlovida hay'at a'zolari taomlarni baholash jarayonida mazasi, guruchning yetilgani va bezash mahoratiga qarab baho berdilar.

Musobaqa yakunida g’olib jamoalarga  tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.


GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda