An’anaviy intellektual bellashuv o‘tkazildi.
✅Guliston davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o‘quv yili davomida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlari doirasida bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu doirada an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishining 1 hamda 2-bosqich talabalari o‘rtasida 7 jamoadan iborat bellashuv o‘tkazildi.


✔️ Ushbu bellashuv yo‘nalishga o‘tiladigan mutaxassislik fanlariga doir savollar asosida tashkil etildi. 4 bosqichda o‘tkazilgan bellashuv talabalarning o‘tilgan va o‘tilayotgan fanlarga qiziqishining oshishiga va takrorlash uchun asos bo‘lganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
✔️ Bellashuv ko'tarinki ruhda tashkil etilib, g'olib talabalar esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.