Asosiy mazmunga o'tish

Ma’rifat ulashib

0 ko'rildi
Ma’rifat ulashib

Guliston  davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Bugun, joriy yilning 24-aprel kuni  institut Madaniyat saroyida  professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida  taniqli adiblar  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Hayot Shodmon va Muhiddin Abdusamadlar  bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Guliston davlat pedagogika instituti. Marifat ulashib

Tadbirda  talaba-yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish,  ona Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish  alohida qayd etib o‘tildi. Shu bilan birga, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda milliy ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi.

Talaba-yoshlar tomonidan  sevimli ijodkorlarning eng sara she’rlaridan namunalar o‘qildi  va adiblar ham  yosh iste’dodlarning ijodidan bahramand bo‘lishdi.Guliston davlat pedagogika instituti. Marifat ulashibGuliston davlat pedagogika instituti. Marifat ulashib

Shu mavzuda