Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari “Yashil makon” doirasida daraxt ekdi

🌱Guliston davlat pedagogika instituti "Aniq va tabiiy fanlar fakulteti" tyutorlari X.Majidov va S.Saparova tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish va ularni parvarishlash tadbiri tashkil etildi.
🔹Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni kamaytirish har birimizning muhim vazifamizga aylangan. Ayniqsa, talaba-yoshlar bu borada faol bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasida munosib ishtirok etishlari zarur. Ushbu loyiha yurtimiz hududlarini yanada ko‘kalamzorlashtirish, havoni tozalash va sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.
📌Tadbir davomida institut hududida ko‘chatlar ekildi. Talabalar jarayonda faol ishtirok etib, daraxtlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar oldilar. Ta’kidlanganidek, har bir talaba kamida bir tup daraxt ekib, uni parvarishlashni o‘z zimmasiga olsa, loyiha samarasi yanada oshadi.



