Atrof-muhitga mas’uliyat: institut hududida yashil maydonlar parvarishlanmoqda
Guliston davlat pedagogika instituti hududida yashil maydonlarni parvarishlash, ekologik muvozanatni saqlash hamda obodonlashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Shu maqsadda institut hududida daraxtlar va gulzorlarni sug‘orish ishlari davom ettirilib, yashil maydonning uzluksiz ravishda parvarishlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur jarayonlar institut jamoasining ekologik madaniyatni kuchaytirish, tabiatni asrash va yashil muhitni kengaytirish borasidagi mas’uliyatli yondashuvini yana bir bor namoyon etadi.
🌱 “Yashil makon” umummilliy tashabbusi doirasidagi ekologik ishlar izchil davom etmoqda.
Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan “Yashil makon” umummilliy tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ekologik ishlar muntazam davom ettirilmoqda.
Tashabbus doirasida hududni ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va manzarali butalar ekish, yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Institut jamoasining faol ishtiroki institut hududini yanada obod qilishga, ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur ekologik jarayonlar orqali institut o‘zining tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat kabi qadriyatlarni yoshlar ongida mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.


