“Besh tashabbus olimpiadasi”ning fakultet bosqichi o‘tkazildi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish besh muhim tashabbusning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda tashkil etilgan fakultet bosqichi talabalarni sport maydonida birlashtirdi.Musobaqalar davomida ishtirokchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashib, jismoniy tayyorgarligi, qat’iyati va irodasini namoyon etdi. Bahslar sportga xos raqobat, o‘zaro hurmat va jamoaviy ruhda kechdi.
Olimpiadaning fakultet bosqichi talabalar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim voqea bo‘ldi.











