Asosiy mazmunga o'tish

Bir musobaqada ikki oltin medal!

0 ko'rildi
Bir musobaqada ikki oltin medal!

23–24-sentabr kunlari Tuyabo‘g‘iz suv omborining Sohilbo‘yi hududida o‘tkazilgan eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Guliston davlat pedagogika instituti talabasi, GDPI Sport klubi a’zosi Sattarova Basima ikki yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi:

🥇W1x — 1-o‘rin
🥇 W2x — 1-o‘rin

Bir musobaqada ikki bor shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish — Basimaning qat’iyati, tinimsiz mehnati va sportdagi mahoratining yorqin ifodasidir.

Basimani ushbu yuksak g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Uning ikki oltin medali institutimiz uchun faxr, yosh sportchilarimiz uchun esa kuchli ilhom manbaidir. Yangi marralar va yanada ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

Bir musobaqada ikki oltin medal! — 2Bir musobaqada ikki oltin medal! — 3

Shu mavzuda