“Biz OITSga- qarshimiz” mavzusida ma'naviy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan boshlab dunyo bo‘ylab har yili 1 dekabr kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun Guliston davlat pedagogika instituti Maktabga ta'lim yo'nalishi talabalari ishtirokida "Biz OITS ga qarshimiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Behzod Tagayev ochib berib bu kasallikning salbiy oqibatlar va yoshlar o'rtasida bunday kasalliklar avj olib borilayotganligi achinarli hol ekanligini takidlab o'tdi, Tadbir davomida talabalar ijrosida kuy qo'shiq va sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Mazkur kun sog‘lom hayot tarzini ilgari surish borasidagi eng muhim kunlardan biriga aylanib, kasallikning jadallashishini to‘xtatib turish va oldini olish bo‘yicha xizmatlardan foydalanish imkoni endilikda yanada ko‘proq insonlarda mavjudligini eslash uchun yaxshi imkoniyatdir.