Asosiy mazmunga o'tish

“Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” mavzusidagi darslar tashkil etilmoqda.

21 ko'rildi

8-dekabr-Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Guliston davlat pedagogika institutida  mazkur sana munosabati bilan Konstitutsiyamiz mazmun mohiyatini oʻrganish va targʻib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

✔️Shunday tadbirlardan biri “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yuqori darajada tashkil etildi. Konstitutsiyani o’rganishga doir tashkil etilgan darslarda inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda konstitutsiya asosiy hujjat ekanligi, konstitutsiyaviy islohotlarning ham asosiy gʻoyasi inson qadrini ulugʻlash, uning asosiy huquqlarini yanada mustahkamlash ekanligi alohida taʼkidlandi. Bundan tashqari, Konstitutsiyaviy islohotlarda asosiy kuch bu xalq ekanligi, Yangi konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar bevosita xalqning takliflari asosida ishlab chiqilganligi bir jihat boʻlsa, xalqning xohish irodasi bilan referendum orqali qabul qilinganligi yana bir muhim jihat ekanligi talabalarga tushuntirildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdilar.

Shu mavzuda