Asosiy mazmunga o'tish

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

0 ko'rildi
“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Guliston davlat pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasi tomonidan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida Tеxnologiya ta’limi yo‘nalishi talabalari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalarga zo‘ravonlikning turlari, uning salbiy oqibatlari, yoshlar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishning ahamiyati tushuntirildi.

Tadbir yakunida talabalar zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanliklarini bildirdilar va ushbu yo‘nalishda faol bo‘lishga chaqirildi.

Shu mavzuda