Bugun 4-avgust 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining 4-kuni
Bugun 4-avgust 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining 4-kuni Guliston shahrida joylashgan “Alpomish” sport majmuasida bo’lib bo‘lib o‘tmoqda…
Guliston davlat pedagogika instituti hamda "Volontyorlar guruhi" jamoasi tomonidan ota-onalar va abituriyentlar yaqinlarining fikrlari va takliflari o'rganilmoqda. Test sinovlarida ishtirok etayotgan abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylar tashkil etilgan bo‘lib, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlarda tomosha qilishmoqda.
📆 Test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar ikki smenada:
1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan, jarayonlarni test2023.uz (https://test2023.uz/Sirdaryo/78) sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.
GulDPI axborot xizmati