Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sirdaryoda...
141 ko'rildi
#Qabul_2023
#Sirdaryo_viloyati
2-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova Sirdaryo viloyati Alpomish sport saroyida 2023/2024-oʻquv yili oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilayotgan test sinovlari bilan tanishdi.
Test sinovlari oʻtkazilayotgan bino havo sovitgichlari bilan jihozlangan. Ota-onalar uchun tashkil etilgan kutish joylarida katta ekranlar oʻrnatilgan boʻlib, ular farzandlarining imtihonlarini onlayn kuzatish imkoniyatiga egalar.