Test sinovlarining 1-smenasi boshlandi!
#Test_sinovlari
#2_avgust
⚡️ Bugun 2-avgust 2023/2024-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul vakillari abituriyentlarning ota-onalari uchun test jarayonini onlayn kuzatishda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.
✅ Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasining 2 ta binosida (https://goo.gl/maps/w9D1SpAyHBHFSYz59) o‘tkazilmoqda.
👩🎓 Ayni damda test sinovlarining 1-smenasi — 08:00 da boshlangan bo‘lib, soat 11:00 ga qadar davom etadi.
🎥 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan, jarayonlarni test2023.uz (https://test2023.uz/Sirdaryo/78) sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.
GulDPI axborot xizmati