Asosiy mazmunga o'tish

Oliy o'quv yurtlariga kirish test imtihonlari davom etmoqda

87 ko'rildi

#Qabul_2023

Sirdaryo viloyatida abituriyentlarning ota-onalariga Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida Guliston davlat pedagogika instituti ko'ngilli yoshlaridan tashkil topgan volontyorlar jamoasi xizmat ko'rsatishda davom etmoqda.

Xususan ota-onalar uchun salqin xonalar tashkil etilib, ijodiy guruhlar tomonidan ko‘ngilochar dasturlar, stol tennisi, shaxmat  va shashka o'yinlarini tashkil etib berilmoqda.

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida online translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari https://test2023.uz/ orqali test sinovlarini kuzatib borishlari mumkin.

Shu mavzuda