Asosiy mazmunga o'tish

Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni

86 ko'rildi

✅ Bugun talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Talabalar bugun (5-avgust) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin.

❗️ Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Shu mavzuda