Asosiy mazmunga o'tish

Cyber - week

353 ko'rildi

Viloyatimizda kiberjinoyatlarni oldini olish  maqsadida 2023-yilning 15-may kunidan 21-may kuniga qadar “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi (Cyber-Week)” bo‘lib o‘tadi. 
 
Joriy yilning 16-may kuni Guliston davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi (Cyber-Week)” kompleks targ’ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  Ichki  ishlar vazirligi  TQD Kiberxavfsizlik  Markazi bo‘lim  boshlig’i, mayor  Lochinbek  Atoyev hamda Sirdaryo viloyati IIB TQX kiberxavfsizlik bo‘limi  boshlig’i, podpolkovnik  Saidahmad  Yo‘ldoshyevlar kiberxavfsizlikka oid ma’lumotlar  to‘g’risida nutq so‘zladi.

Ushbu havola  orqali 👉https://t.me/cyberuz102_bot?start=1  hozirgi kundagi kiberxavfsizlik to‘g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

Shu mavzuda