Asosiy mazmunga o'tish

"CYBER WEEK SIRDARYO” kompleks targ’ibot-tashviqoti

128 ko'rildi

Xabaringiz bor, viloyatimizda kiberjinoyatlarni oldini olish hamda aholini virtual muhitdagi kibertahdidlardan ogohligini oshirish maqsadida  2023 yilning 15 may kunidan 21 may kuniga qadar “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi (Cyber-Week)” bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 22-may kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida  “CYBER WEEK SIRDARYO” kompleks targ’ibot-tashviqot tadbirining sarhisobi hamda tanlov g’oliblari va sovrindorlaribi taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
   
Aholini  ogohlikka chaqirish, kiberxavfsizlik haqidagi savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi mazkur tanlov g‘oliblariga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda