Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
130 ko'rildi
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida “Jaholatga qarshi ma’rifat” ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda GulDPI professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov jahon maydonida sodir bo‘layotgan tahlikali va murakkab voqea-hodisalar, ma’naviy tajovuzkor g’oyalar tobora kuchayib borayotgan xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash zarur ekanligi haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, “Tinchlik eng oliy ne’mat” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
GulDPI axborot xizmati