Diyorimiz bo'ylab Sayohat
177 ko'rildi
SAYOHAT
Guliston davlat pedagogika instituti talabalarining dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ilmiy sayohat, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 2023-yil 7-may kuni Jizzax viloyatiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida talaba-yoshlar Yangiobod tumani, Xoʻjamushkent qishlog‘ida joylashgan “Xoʻjamushkent ota” qadamjosini ziyorat qilib, mashxur ziyoratgohning so‘lim va betakror tabiati, tabiiy go‘zalligi va ushbu maskanning tarixi bilan yaqindan tanishildi. Talabalar mazkur sayohat davomida katta taassurotga ega bo‘lib qaytishdi.
📥GulDPI axborot xizmati