Asosiy mazmunga o'tish

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlar huquqlariga oid eng muhim 5 ta kafolat

126 ko'rildi

#YoshlarHuquqlari #gdpi #gspi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlar huquqlariga oid eng muhim 5 ta kafolat:

 Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini tа’minlaydi.

 Davlat yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rаg‘batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

 Davlat yoshlarning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

 (https://lex.uz/docs/6445145#6445729) Davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘аmxo‘rlik qiladi.

📥GulDPI axborot xizmati

>

Shu mavzuda